Paxtaobod tumanida umummilliy "Yashil makon" loyihasining kuzgi ko'chat ekish mavsumiga start berildi.
Tadbirda tuman hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Kuzgi mavsum doirasida hududlarda ko'chat ekish, mavjud yashil maydonlarni kengaytirish, yo'l yoqalari, mahalla hududlari hamda korxona va tashkilotlar atroflarini obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ekish uchun hudud iqlim sharoitiga mos manzarali va mevali daraxt ko'chatlari tanlanib, ular agrotexnik talablar asosida ekilmoqda.



