"Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik oyligi doirasida Marhamat tumanida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Xususan, tumanning "Polvontosh" mahalla fuqarolar yig'ini hududidan o'tuvchi "60-V" avtomobil yo'lining 11-12-kilometrlari oralig'ida piyodalar uchun balandlashtirilgan o'tish joyi barpo etilib, tegishli yo'l belgilari o'rnatildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yo'l-transport hodisalarining oldini olish va piyodalar xavfsizligini kuchaytirishga xizmat qiladi.