Jalaquduq tumani 2-son texnikumi xodimlari umummilliy "Yashil makon" loyihasi doirasida texnikum hududiga mevali ko'chatlar ekdi.

Tashabbusdan ko'zlangan maqsad atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.

Tashkilotchilar bildirishicha, bugungi ekilgan har bir ko'chat kelajak avlod uchun yanada go'zal va fayzli muhit yaratishga qo'shilgan hissa hisoblanadi.