Asaka tumani Qadriyat MFY hududida aholiga qulaylik yaratish va ko'chalarning tungi yoritilishini yaxshilash maqsadida quyosh panellari orqali quvvatlanuvchi ko'cha chiroqlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, mazkur ishlar hududda tungi vaqtda xavfsiz va yorug' muhitni ta'minlashga, aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.