Asaka tumani 1-oilaviy poliklinikasi tomonidan Beruniy mahalla fuqarolar yig'ini hududida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda poliklinika mudiri Mavludaxon Rasulova, katta hamshira Nigoraxon Rayimjonova, davolash ishlari bo'yicha mas'ul Obidaxon Mirzayeva, oilaviy shifokor Barnoxon Nishonova, hudud oilaviy hamshiralari hamda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdi.

Targ'ibot davomida aholiga to'g'ri ovqatlanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, jismoniy faollikni oshirish va turli kasalliklarning oldini olish bo'yicha tushunchalar berildi. Tashkilotchilar bunday profilaktik tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash va sog'lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini ta'kidladilar.



