Asaka tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari doirasida Qadriyat MFYsi hududida yangi markaziy qozonxona qurilishi jadal olib borilmoqda.

Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, mahalladagi ko'p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan ta'minlash maqsadida barpo etilayotgan qozonxona 19,5 megavatt quvvatga ega bo'lib, 40 ta ko'p qavatli uy va 8 ta ijtimoiy soha obyektiga xizmat ko'rsatishi rejalashtirilgan.