Asaka tumani Amir Temur mahalla fuqarolar yig'inida kuz-qish mavsumini betalofot o'tkazish, aholi xavfsizligini ta'minlash hamda havo harorati pasayishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olishga bag'ishlangan o'quv-amaliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tadbirda mas'ul tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etib, aholiga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa komunal xizmatlarni uzluksiz hamda sifatli etkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, is gazidan zaharlanish, gaz va elektr jihozlaridan noto'g'ri foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, aholi xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta'minlash yuzasidan tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.