Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" hamda "Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining 3-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qildi.

Tadbir 2026-yil 4-noyabr kuni soat 10:00da Andijon shahri, Oltinko'l ko'chasidagi 12-A uyda bo'lib o'tadi.

Anjumanda aholi o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, aholining kiberxavfsizlik va kiber gigiyena bo'yicha bilimlarini oshirish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.