Andijon viloyati prokuraturasi joriy yilning 4-noyabr kuni soat 10:00da Buloqboshi tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Uchrashuvni viloyat prokurori Abduxakimov Murodullo Tog'ayevich o'tkazadi.

Uchrashuv Buloqboshi tumani, Nayman mahallasida joylashgan "Fayz-M" korxonasi binosida tashkil etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining rahbarlari o'z faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan bevosita viloyat prokuroriga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.