Andijon viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida faoliyat yuritayotgan "Kadastr maslahat burchagi" xizmati orqali 437 nafar fuqaro va tadbirkorga huquqiy maslahatlar berilgani ma'lum qilindi.
Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, bu tashabbus fuqarolarning kadastr xizmatlariga oid savollariga joyida javob olishiga, shuningdek ortiqcha vaqt sarflash va ovoragarchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Berilgan ma'lumot 2026-yil 26-30-oktyabr kunlariga oid hisobot davrini qamrab oladi.



