Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo'riqlash xizmati xodimlari "Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Andijon tumanida aholi o'rtasida kiberxavfsizlik mavzusida targ'ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Tadbirlar chog'ida fuqarolarga shaxsiy ma'lumotlar, bank kartalari va SMS-kodlarni begona shaxslarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik hamda internetdan foydalanishda ehtiyotkor bo'lish zarurligi uqtirilmoqda.
Shuningdek, aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan "APK Qo'riqchi" mobil ilovasini o'rnatish va undan foydalanish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar berilmoqda.



