Andijon shahar IIB boshlig'i Azizbek Minositdinov shahar aholisiga murojaat qilib, jinoyatchilikka qarshi kurash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Murojaatda qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyida Andijon shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o'tkazilgan. Natijada jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan qochib yashiringan 171 nafar shaxs ushlangan, shuningdek 28 nafar bedarak yo'qolgan fuqaro aniqlanib topilgan.

Shu bilan birga, ayollarni turli tajovuz va huquqbuzarlikdan himoya qilish maqsadida 1919 ta "himoya order"i berilgani ma'lum qilindi.

IIB boshlig'i fuqarolarni mol-mulklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishga va o'g'irlik hamda firibgarlik jinoyatlariga nisbatan hushyor bo'lishga chaqirdi.