
Andijon tumanida avariyaviy yo'l uchastkasiga yangi svetofor o'rnatilmoqda
Andijon tumani "Baxt" MFYsidan o'tuvchi D-109 avtomobil yo'lining 81-kilometrida piyodalar xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangi svetofor o'rnatish ishlari boshlandi. Bu hudud avariya o'chog'i sifatida qayd etilgan.

Andijon tumanidagi 56-sonli maktab jamoasi "Yoshlar va qonun" tanlovida g'olib chiqdi
9-oktabrda bo'lib o'tgan "Yoshlar va qonun" tanlovining viloyat bosqichida Andijon tumanidagi 56-sonli maktab jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va respublika bosqichiga yo'l oldi.

Andijon tumanida “Talaba yugur” musobaqasi tufayli bir qator koʻchalarda harakat cheklanadi
11-oktyabr kuni Bobur shahri "Yangi Andijon" hududida oʻtkaziladigan ommaviy yugurish musobaqasi munosabati bilan belgilangan yoʻnalishda transport harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

Andijon tumanida "Bo'lajak kitobxon" loyihasi bir oyda 10 mingdan ortiq o'quvchini qamrab oldi
Andijon tumanida sentyabr oyida davom ettirilgan "Bo'lajak kitobxon" loyihasi doirasida 57 maktab va 6 mahallada targ'ibot ishlari olib borildi, loyihaning birinchi bosqich imtihonida esa 10 763 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Andijon tumanida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolib, svetoforda turgan 5 ta avtomobilni urib ketdi
Andijon tumanida GAZ-53 rusumli yuk mashinasining tormoz tizimi ishdan chiqishi natijasida svetoforda to'xtab turgan besh yengil avtomobil shikastlandi. Baxtga qarshi hodisada jarohat olganlar yo'q.