Andijon tumanidagi "Baxt" mahalla fuqarolar yigini hududidan o'tuvchi D-109 avtomobil yo'lining 81-kilometrida joylashgan uchastka avariya o'chog'i sifatida qayd etilgan. Ushbu hududda tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi mavjud bo'lib, bu yerda yo'l-transport hodisalari xavfi yuqori bo'lgan.

Shu sababli, piyodalar xavfsizligini ta'minlash va ular ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mazkur o'tish joyiga yangi svetofor o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida yo'l infratuzilmasi takomillashtirilib, piyodalarning yo'ldan xavfsiz o'tishi va harakat qatnashchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi ko'zda tutilgan.

Andijon viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligini boshqarish bo'limi ma'lumotlariga ko'ra, yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash inson hayotini asrash bilan bog'liq eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.