Andijon viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻlimi axborot xizmati xabariga koʻra, Andijon tumani hokimining qarori asosida 11-oktyabr kuni Bobur shahri "Yangi Andijon" hududida "Talaba yugur" shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi.
Musobaqa ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shu kuni soat 06:00 dan 11:00 gacha Andijon tumani "Sadda-tagi" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi "Best index" chorrahasidan Yangi Andijon hududidagi "Adir resto" kafesi oldidagi chorrahagacha boʻlgan yoʻnalishda transport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.
Axborot xizmati haydovchilardan shu kuni boshqa koʻchalardan yurishni va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilishni soʻradi, keltirilishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻralgan.



