Joriy yilning 9-oktabr kuni "Yoshlar va qonun" tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda viloyatning shahar va tumanlaridagi eng kuchli jamoalar o'zaro bellashib, o'zlarining huquqiy bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda qonunchilikka oid bilim va ko'nikmalarini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko'ra, Andijon tumanidagi 56-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Erishilgan ushbu muvaffaqiyat jamoaga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini taqdim etdi.



