Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida "Hosil bayrami" tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida maktab hovlisi bezatilib, kuz faslining meva-sabzavotlari, poliz mahsulotlari hamda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Har bir sinf o'ziga biriktirilgan ko'rgazma joyini rang-barang bezab, kuzgi hosil ne'matlarini taqdim etdi.

Bayram davomida o'quvchilar kuz fasli va dehqon mehnatiga bag'ishlangan she'r, qo'shiq va raqslar bilan chiqish qildi. Tadbir o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini namoyon etish va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.