Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Ma'rifat targ'ibotchilari jamiyati hamkorligida Andijon shahrida foto ko'rgazma tashkil etildi.

"Yangi O'zbekiston qiyofasi" deb nomlangan ko'rgazmada mamlakatdagi o'zgarishlar, bunyodkorlik ishlari va zamonaviy taraqqiyot bosqichlarini aks ettirgan suratlar namoyish etilmoqda. Ko'rgazma Andijon shahridagi Sayilgoh ko'chasida joylashgan bo'lib, barcha uchun bepul va ochiq.

Tashkilotchilar ma'lumotiga ko'ra, foto ko'rgazma 3-noyabrdan 6-noyabrgacha davom etadi va shahar aholisi hamda mehmonlari tashrif buyurishga taklif etilmoqda.