Samarqand shahrida 300 nafardan ortiq sportchi ishtirokida "Ustoz va shogird" nomli xalqaro turnir bo'lib o'tdi. Unda Xonobod shahar Sport maktabining tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi.

Musobaqada yosh sportchilar o'z mahorati va matonatini namoyon etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Umarjon Kamoldinov va Muhammadsolih Muydinov o'z toifalarida birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Hosiyatxon Rustambekova ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Xonobod shahar hokimligi sportchilarni ushbu yutuqlar bilan tabriklab, ularning har bir g'alabasi ortida katta mehnat va izlanish turganini ta'kidladi. Shuningdek, yosh chempionlarning tayyorlanishiga hissa qo'shgan ustoz-murabbiylarga ham alohida minnatdorlik bildirildi.