Xonobod shahrida xitoylik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalari uchun mo'ljallangan yer maydonlari ko'rib chiqildi. Delegatsiya shahar kichik sanoat hududida joylashgan 24 gektar maydonni tekshirdi, bu yerda Data-markaz va gidroelektr stansiyasi (GES) loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ko'rik chog'ida tomonlar zamonaviy infratuzilmaga ega yirik loyihalarni joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Xonobod shahrining investitsiyaviy salohiyatini oshirib, yangi ish o'rinlari yaratilishiga, zamonaviy texnologiyalar jalb etilishiga hamda shaharning iqtisodiy rivojiga sezilarli hissa qo'shishi kutilmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakillari bu loyihalarni Xonobod shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri sifatida baholamoqda.