Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda shahardagi mahalla fuqarolar yig'ini raislarining amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yig'ilish Prezidentning PF-116-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Hisobotlarda aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, fuqarolar murojaatlarini hal etish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalariga e'tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida deputatlar mahallalardagi mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligi bo'yicha raislarga savollar berdilar, tegishli masalalar atroflicha ko'rib chiqildi.