Asaka tumani hokimi N. Mo'minov, tuman prokurori A. Mirzakarimov hamda viloyatdan biriktirilgan mas'ul ishtirokida dolzarb masalalarga bag'ishlangan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda aholi bandligini ta'minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, yoshlar bandligini ta'minlash hamda mahallalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va mas'ullar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



