Ulug'nor tumani hokimi M. Ahmadjonov hamda O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i M. Nishonov rahbarligida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etdi.
Yig'ilish kun tartibiga ishsizlikni bartaraf etish, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, ijtimoiy reyestrda turgan oilalar daromadlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari kiritildi.
Shuningdek, ko'rsatilgan yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.



