Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda hududlardan saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga daxldor tashkilot rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularda sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta'minlash hamda joylarda mavjud muammolarni o'z vaqtida hal etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



