Izboskan tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdagi, yettinchi chaqiriq o'n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mahalliy Kengash sessiyalari doirasida tuman rahbariyati va deputatlar hududdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo'ladi.