Xonobod shahar prokurori I.X. Maxmudov tomonidan shaharda tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, shaharda faoliyat yuritayotgan "Bek Sundus" tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish jarayoni, ishchilarga yaratilgan sharoitlar hamda mehnat faoliyatini samarali tashkil etish masalalari o'rganildi.

O'rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to'sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ularni qonuniy hal etish va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash muhimligi alohida ta'kidlandi.