Marhamat tumanining "Konchilar" mahallasida xitoylik investorlar ishtirokida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasi bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov va tuman prokurori U. Azimov qatnashib, loyiha tashabbuskorlari bilan uning mazmuni, istiqbollari va amalga oshirish bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.
Loyiha doirasida 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Mablag' paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida hosil bo'ladigan chiqindilardan kalava ip ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni eksportga yo'naltirish uchun sarflanadi. Bu tashabbus hududda yangi ish o'rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



