Jalaquduq tuman prokurori R.X. Halilov boshchiligida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog'liq mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirkorlarning murojaat hamda takliflarini tinglash, ularni belgilangan tartibda ko'rib chiqish va qonuniy manfaatlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini o'z vaqtida aniqlash hamda hududda ishbilarmonlik faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirishga xizmat qiladi.



