Asaka tumani Elashqipchoq mahalla fuqarolar yig'ini hududida "Alf-Milk" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sutni qayta ishlash loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha bilan tanishish maqsadida tuman hokimi o'rinbosari korxonaga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni va tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

Mahalliy press-xizmat ma'lumotiga ko'ra, yangi korxonaning ishga tushirilishi tumanning sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu bilan tumandagi tadbirkorlar safi yana bir yangi ishlab chiqarish loyihasi hisobiga kengaydi.