Bojxona qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotga Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan bir qatorda, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham hududiy bojxona boshqarmalari orqali onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, muloqot davomida ko'tarilgan murojaatlarning 70-80 foizi joyida hal etildi.
Alohida e'tibor talab etiladigan muammolar bo'yicha "yo'l xaritalari" tasdiqlangan bo'lib, ularning ijrosi Bojxona qo'mitasi raisi tomonidan qat'iy nazoratga olindi.



