Andijon viloyati Xonobod shahridagi "IT-shaharcha"da axborot texnologiyalari yo'nalishida tahsil olayotgan 75 nafar o'quvchi yosh kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi. Shu munosabat bilan bitiruvchilar uchun tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, o'qish jarayonida faolligi, intilishi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan bir qator bitiruvchilarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

"IT-shaharcha"ning asosiy maqsadi — yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari va chet tillari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, ularni kelajakda munosib kasb egasi bo'lishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.