Xo'jaobod tumanida yoshlarning zamonaviy kasblarga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning raqamli sohadagi bilim va ko'nikmalarini namoyon etish maqsadida "Zamonaviy kasblar" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar "Eng yaxshi veb-sayt", "Eng yaxshi mobilografiya ishi" hamda "Eng yaxshi grafik dizayn" yo'nalishlarida o'z bilim va mahoratini sinovdan o'tkazdilar.

Tanlov yakuniga ko'ra, o'z yo'nalishida eng yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar tanlovning hududiy bosqichiga yo'llanma oldilar. Shuningdek, g'olib va faol ishtirokchilar Xo'jaobod tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.