"Xalq bilan muloqot" tamoyili asosida Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari S. Isakov tomonidan Xo'jaobod tumani Qurama mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari tinglanib, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, uy-joylarga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va mol-mulk bilan bog'liq nizolar hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonidagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Jami 10 nafar fuqaroning murojaati ko'rib chiqilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi. Mazmunan batafsil o'rganishni talab etadigan 3 ta murojaat esa tegishli tartibda ish yuritishga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.



