Xo'jaobod tumanidagi "Zamon" MChJda Andijon viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov, Andijon viloyati sudi raisi, Biznes ombudsman vakili hamda Savdo-sanoat palatasi mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv maqsadi — tadbirkorlarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarga yechim topish bo'ldi. Muloqot davomida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.