Andijon viloyati prokurorining o'rinbosari S.Muxtorov tomonidan Xo'jaobod tumanida energiya ta'minoti barqarorligini ta'minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli, yo'qotishlarni qisqartirish, resurslarni tejash va debitor qarzdorliklarni kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

O'rganish davomida energetika obyektlarini kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash, elektr va tabiiy gaz infratuzilma tarmoqlarining texnik holati, dispetcherlik markazlari hamda avariya brigadalarining shayligi va zahiralarni shakllantirishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, uzoq muddat davomida undirilmay kelayotgan qarzdorliklar bilan manzilli ishlash va faoliyati to'xtatilgan korxonalarni tiklash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.