Xoʻjaobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-Suqaloq saylov okrugi deputati A. Mamataliyev oʻziga biriktirilgan hududdagi 9-umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini oʻrgandi.

Mazkur maktabda taʼlim oluvchi bolalar Yuksalish va Chimbuloq mahallalarida istiqomat qiladi. Maktab tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, loyiha doirasida yangi qoʻshimcha boshlangʻich taʼlim boʻlimi binosi barpo etilmoqda.

Deputat tashrifi chogʻida qurilish jarayoni, xususan, binoning poydevorini qurish ishlari koʻzdan kechirildi va ishlarning loyiha talablariga muvofiq olib borilishi nazorat qilindi.
Oʻrganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.




