Milliy statistika qo'mitasining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Andijon viloyati shifoxonalar soni bo'yicha mamlakatda yetakchi hudud hisoblanadi. Viloyatda jami 265 ta shifoxona faoliyat yuritmoqda.

Andijondan keyingi o'rinlarni Farg'ona viloyati (246 ta shifoxona) va Toshkent shahri (240 ta shifoxona) egallab turadi.

2026-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, respublika bo'yicha jami 1 ming 987 ta shifoxona faoliyat ko'rsatib, bu ko'rsatkich 2024-yilga nisbatan 15 taga oshgan. Ularning 1 ming 384 tasi, ya'ni qariyb 70 foizi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Shuningdek, mamlakatda jami 8 ming 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi mavjud bo'lib, ulardan 5 ming 929 tasi kichik tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritadi.