Hozirgi kunlarda O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Shahrixon tumanidagi 61-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi rahbari Muzaffarjon Karimov Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing shahrida ta'lim sohasidagi xorijiy amaliyotda qatnashmoqda.
Amaliyotning asosiy maqsadi maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda ta'lim jarayonida sun'iy intellekt va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini o'zlashtirishdan iborat.
Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, Chongqingda o'rganilayotgan tajribalar kelgusida maktab boshqaruvini takomillashtirish va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.



