Andijon viloyati Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Vaxim mahalla fuqarolar yig'ini hududida yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binolarida hamkor tashkilotlar ishtirokida o'quv-amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

Mashg'ulotning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ko'ngilsiz hodisalarga tayyorgarlikni oshirish hamda hamkor tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo'ldi. Mashg'ulot davomida ko'p qavatli binolarda yong'in sodir bo'lgan taqdirda tegishli xizmatlarning harakatlari, vaziyatni tezkor baholash, odamlarni xavfsiz hududga olib chiqish va yong'inni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar amaliyotda ko'rsatildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalardan samarali foydalanish, tezkor xizmatlarning hamjihatlikda harakatlanishi hamda aholi xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amaliy mashqlar bajarildi.