Joriy yilning 9-oktabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Hunarmandlar markazida faol do'ppido'z hunarmandlar ishtirokida "Andijon do'ppisi" milliy ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi "Geografik ko'rsatkichlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 375-sonli qarori 1-ilovasining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazildi.
Tadbirda Andijon do'ppido'zlik san'atining o'ziga xos jihatlari, milliy naqshlar va bezaklar uyg'unligi, hunarmandlarning mahorati hamda an'anaviy hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.



