Toshkent viloyatida start olgan Prezident olimpiadasi doirasida yengil atletika bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. Unda Andijon viloyati Qorg'ontepa tumani vakili Yasina Yo'lchiyeva delegatsiyamizga ilk medalni keltirdi.

3000 metrga sport yurish turida murosasiz kurash kechgan musobaqada Yasina Yo'lchiyeva 16 daqiqa 47 soniya natija ko'rsatib, 3-o'rinni egalladi.

Qorg'ontepa tumani hokimligi axborot xizmati yosh sportchi va uning murabbiylarini tabriklab, kelgusi musobaqalarda yangi g'alabalar tilagan.