27-oktabr kuni Jalaquduq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Maktab ligasi" musobaqalarining voleybol sport turi bo'yicha tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqada 15-17 yoshli, 9-11-sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilar ishtirok etib, o'z sport mahorati, chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Qizlar o'rtasidagi musobaqa natijalariga ko'ra, birinchi o'rinni 20-maktab, ikkinchi o'rinni 14-maktab, uchinchi o'rinni esa 26-maktab jamoasi egalladi. G'olib va sovrindor maktab jamoalari munosib natijalari bilan tabriklandi.



