Bo'ston tumanida dzyudo sport turi bo'yicha Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi. Musobaqa yoshlar orasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Turnir davomida sportchilar o'zaro kuch sinashib, g'oliblik uchun murosasiz bellashuvlar olib bordi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar Bo'ston tumani hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.