Prezident Olimpiadasi doirasida o'tkazilgan stol tennisi musobaqasida Andijon shahar 2-son sport maktabi sportchisi Shiriyeva Eleanora ishtirok etib, faxrli birinchi o'rinni egalladi.

Sportchining bu yuksak natijasi uning tinimsiz mashg'ulotlari va mahorati samarasi bo'ldi.

Andijon shahar hokimligi Shiriyeva Eleanorani g'alabasi bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham yangi yutuqlar tilagan.