Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot shahrida U-18 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada Qo'rg'ontepa tumani Mamurobod qishlog'idan chiqqan yosh polvonlar ham ishtirok etdi.

Natijada 62 kilogrammgacha vazn toifasida Muhammadov Ixlosbek va Rasulov Javohir, 75 kilogrammgacha vazn toifasida esa Tursunov Azizullo uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritib, bronza medalga sazovor bo'ldi.

Yosh sportchilarning bu natijasi ularning muntazam mashg'ulotlari va murabbiylari mehnatining samarasi bo'ldi. Qo'rg'ontepa tumani hokimligi sportchilarni va ularning murabbiylarini ushbu yutuq bilan tabrikladi.