14-16 oktyabr kunlari Buxoro shahrida 2011-2012 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Mamurobod qishlog'i polvonlari munosib ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egalladi: Abdulloh Yo'ldoshev mutlaq vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi, Tursunali Muhammadaliyev 42 kilogramm vazn toifasida, Abdurahmon Abdulloyev esa 55 kilogramm vazn toifasida ikkinchi o'rinlarni egalladi.

Qo'rg'ontepa tumani hokimligi axborot xizmati yosh polvonlarni yutuqlari bilan tabriklab, ularning murabbiylari va ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi.