Andijon viloyatida 'Inson uchun' shiori ostida o'tkazilgan inklyuziv marafonda Qo'rg'ontepa tumani ishtirokchilari yuqori natijalar ko'rsatib, bir qancha sovrinli o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'ldi.

Qo'rg'ontepa tumani 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan olib borilgan tayyorgarlik ishlari natijasida tumandan bir necha nafar sportchi marafonda faol ishtirok etdi.

Aravachada harakatlanuvchi ishtirokchilar yo'nalishida Qadryat mahallasidan Mubina Ergasheva ayollar o'rtasida, Mustaqillikning 15-yilligi mahallasidan Xudoyberdi Raxmonjonov esa erkaklar o'rtasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ozod mahallasidan Zaynabxon Xosiljonova eshitish nuqsoniga ega ayollar o'rtasida ikkinchi, To'rachek mahallasidan Alouddin Madaminov esa tayanch-harakat a'zolari shikastlangan erkaklar o'rtasida uchinchi o'rinni egalladi.

Marafon g'oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.