Qo'rg'ontepa tumanida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining tuman saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Saralash jarayonida tuman qizlarining bilimi, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi va erishgan yutuqlari namoyon bo'ldi.
Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, bunday saralashlar iqtidorli va tashabbuskor qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish hamda yangi yutuqlarga rag'batlantirishga xizmat qiladi.



