Buloqboshi tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib iqtidorli va iste'dodli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida "Zulfiya izdoshlari" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar ilm-fan, adabiyot, san'at va boshqa yo'nalishlardagi bilim, mahorat va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, o'zaro bellashdi.

Tashkilotchilar g'oliblarga tanlovning navbatdagi bosqichlarida yangi yutuq va zafarlar tilab, tadbir yakunlarini e'lon qildi.