"Uyg'onish" Respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyati tuman bosqichida marhamatlik yosh ijodkor, Andijon davlat texnika instituti magistranti Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi "Nasr" yo'nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

26-oktyabr kuni Toshkent xalqaro universitetining Andijon filialida tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Madinabonu Xalimovaga tanlovning viloyat bosqichida omad va yangi ijodiy yutuqlar tilanmoqda.